Alanga ichida qolganlar – FVV aldadimi?
3-sahifa
−
05 iyun
8612Bugun, 5 iyun kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan 4 ta xonadon yong‘in oqibatida yonib zararlangani haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, soat 06:27 da Olmazor tumanidagi Farobiy 4-tor ko‘chasida shaxsiy xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari 5 daqiqada voqea joyiga yetib borib, 07:12 da yong‘inni qurshab olgan.
Yong‘in 07:34 o‘chirilgan. Aytilgan manzilda joylashgan shaxsiy xonadonlar bir-biriga tutash bo‘lgani sababli yong‘in oqibatida 4 ta xonadon yonib zararlangani aniqlangan. Yong‘in oqibatida jarohatlangan fuqarolar yo‘q.
Vazirlik tomonidan ushbu xabar e’lon qilinishi bilanoq, yong‘in oqibatida jabrlangan fuqarolar tomonidan tahririyatga murojaat kelib tushdi. Unda yong‘in oqibatida yonib zararlangan xonadonlar soni 6 ta ekani, ko‘plab kishilar jarohat olgani bildirilgan. Holat yuzasidan QALAMPIR.UZ’ning voqea joyidan tayyorlagan reportajini YouTube sahifamizda tomosha qiling.
LiveBarchasi
Dollar kursi yana oshdi.
15 iyul
Moskva yana suv ostida qoldi.
15 iyul