Toshkentda yangicha kameralar o‘rnatildi
Jamiyat
−
03 Oktabr 2022 13381 1 daqiqa
Toshkentning Alisher Navoiy ko‘chasiga yangicha, intellektual kameralar o‘rnatildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, shahar hokimiyati Avstriyaning “Glans Gresselchaft Tashkent” nomli korxonasining Alisher Navoiy ko‘chasini raqamlashtirish bo‘yicha taklifini o‘rganmoqda.
Hozirgi vaqtda ushbu korxonaga tegishli yo‘l chiziqlariga rioya qilmaslik, tezlikni oshirish, uyali telefondan foydalanish, xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik va boshqa qoidabuzarliklarni qayd etish imkoniyatiga ega intelektual foto videoni qayd etish kameralari Navoiy ko‘chasida o‘rnatilgan.
YHXB barcha yo‘l harakati ishtirokchilariga belgilangan qoidalarga amal qilishlarini tavsiya qilgan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr