Toshkentda Yangi yil bayrami tadbirlari boshlandi

Jamiyat

image

Bugun, 20 dekabr kuni Toshkentda Yangi yil bayrami tadbirlarini ko‘tarinki ruhda tashkil etish, aholiga madaniy xordiq uchun sharoitlar yaratish maqsadida Istiqlol ko‘chasida (O‘zbekiston milliy kutubxonasi yaqinida) muhtasham archa o‘rnatildi va bolajonlar uchun o‘yingohlari ishga tushirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mehmonlar bu yil archada musiqa sadolari ostida tovlanuvchi chiroqlarni emas, balki RGB ekranda qiziqarli namoyishlarni ko‘radi.

Maydon esa oq va ko‘k rangli chiroqlar bilan bezatilgan. Kun davomida estrada yulduzlari ishtirokida konsertlar, shou dasturlar va sirk namoyishlari o‘tkaziladi.

Bayram tadbirlari 2021 yilning 10 yanvariga qadar har kuni soat 10:00 dan kechki 22:00 gacha davom etadi.

Hokimlik bayram tadbirlarida karantin qoidalariga rioya qilishni unutmaslikka chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yangi yil

Baholaganlar

889

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing