Toshkentda yangi tuman tashkil etiladi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan Toshkent shahriga o‘tkaziladigan qariyb 20 ming gektar (shuning qariyb 13 ming gektari qishloq xo‘jaligi yerlari) hududda Yangi Toshkent tumani tashkil etiladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining tegishli qarori loyihasida ma’lum qilindi.

Qaror loyihasida keltirilishicha, Toshkent viloyati hududidan 19 729,41 gektar, shu jumladan, Yuqori Chirchiq tumanidan 17 323,31 gektar (shundan 11 147,29 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari), O‘rta Chirchiq tumanidan 2 406,1 gektar (shundan 1 758,41 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydonlari Toshkent shahri tarkibiga o‘tkaziladi.

Toshkent shahri hududiga qo‘shilgan hududlarda umumiy yer maydoni 19 729,41 gektardan iborat bo‘lgan Yangi Toshkent tumani tashkil etilishi mumkin. Toshkent shahriga quyidagi hududlar o‘tishi kutilmoqda: 

  • Yuqori Chirchiq tumanidagi “Istiqbol”, “Darxon”, “Usmonobod”, ”Navoiy”, “Jaloltepa”, “Obodon”, “Guliston”, “Bahor”, “Xvan T.G”, “Yashnobod”, “Uch chinor”, “Nurafshon”, “Mirobod”, “Fayziobod”, “A.Yassaviy”, “Baliqchi”, “Yoshlik”, “Tinchlik”, “Iyk-ota”, “Birlik” MFY hududlari hamda “Istiqlol”, “Gulobod”, “O‘zbekiston”, “Navro‘z”, “Qorasuv”, “Oq ovul”, “Ma’rifat”, “Jumabozor”, “Nurli yo‘l”, “Farovon”, “Yangi hayot”, “Saxovat”, “Qizilsoy” MFY hududlarining bir qismi;
  • O‘rta Chirchiq tumanidagi “Sholikor”, “O‘choqli”, “Bunyodkor”, “Mash’al” MFY hududlari hamda “Mustaqillik”, “Gulobod”, “Yangiturmush” MFY hududlarining bir qismi.

Ta’kidlanishicha, mazkur o‘zgarishdan so‘ng, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi saylov okruglaridan, O‘rta Chirchiq tumanidagi saylov okruglaridan saylangan deputatlar Yangi Toshkent tumani kengashi deputatlari hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yangi Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing