Toshkentda yangi qurilayotgan binoda yong‘in chiqdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 23 iyul kuni Toshkent shahridagi yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Soat 12:35 da Toshkent shahar Yunusobod tumani Sh.Rashidov ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan binoda sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, zudlik bilan 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga yetib borgan. 

Binoning tom qismida sodir bo‘lgan yong‘in soat 12:56 da bartaraf etildi. Yong‘in oqibatida binoning tom qismidagi qurilish mahsulotlari yonib zararlangan.

“Yong‘in-qutqaruvchilarning tezkor sa’y-harakatlari tufayli yong‘inning kengayib ketishi oldi olindi va qisqa vaqt ichida o‘chirildi. Asosiy binoga zarar yetmagan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yong'in

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made