Toshkentda yana yong‘in. Yashnobodda do‘kon va 2 ta MCHJga o‘t ketdi
3-sahifa
−
18 avgust 2022 5852 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumani Tuzel-2 dahasidagi atir do‘konlaridan biri yonib ketganligi aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, bugun, 18 avgust kuni soat 01:57 da Toshkent shahar Yashnobod tumani “Vatandosh” MFY Tuzel-2 dahasida joylashgan ko‘p qavatli uyning 1-qavatida atir-upa do‘konining 35 kv.m va unga tutash bo‘lgan 2 ta MCHJning 15 kv.m maydonda ofis uchun mo‘ljallangan xona jihozlari yonib zararlangan.
Yong‘inni bartaraf etishga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon jalb etilgan. Ekipajlar hodisa joyiga soat 01:59 da yetib borgan va yong‘in soat 02:10 da o‘chirilgan.
Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida savdo do‘konining 60 kv.m maydoni, MCHJlarning 90 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida ham ko‘p qavatli uyning 5-qavatida yong‘in sodir bo‘lgandi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28