Toshkentda yana o‘q ovozi eshitildi. Bu safar Milliy gvardiyaga tegishli binodan
Jamiyat
−
08 fevral 2022
19447Bugun, 8 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Milliy gvardiyaning Toshkent shahar boshqarmasi hududidan o‘q ovozi eshitilgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur videoga Milliy gvardiya Axborot xizmati izoh berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar oyi yakunida Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasining ichki hududida rejaga asosan o‘tkazilib kelinadigan o‘quv mashg‘ulotlarning navbatdagisi bo‘lib o‘tgan.
Shaharning umumiy qismidan masofa va maxsus jihozlar bilan ajratilgan Boshqarma hududida o‘tkazilgan mazkur o‘quv-mashg‘ulotida paxtavon(xolostoy ) o‘qlaridan foydalanilgan.
“Tabiiyki, mashg‘ulotlar barcha me’yor va talablarga, shuningdek xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda olib borilgan. Hurmatli fuqarolar, xavotirga o‘rin yo‘q, chunki Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining kasbiy mahorati, jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida harbiy qism hamda dala-o‘quv maydonlarida bu kabi amaliy mashg‘ulotlar muntazam ravishda o‘tkazilib kelinadi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l o‘rtasida bir fuqaro VAZ-2199 rusumli transport vositasiga qarata o‘q uzganligi aks etgan video tarqalgandi. Shuningdek, 7 yanvar kuni Toshkentda Ichki ishlar organlari xodimlari shahar ko‘chalarida harakatlanayotgan Malibu’ni o‘qotar qurol bilan to‘xtatgandi.
LiveBarchasi