Toshkentda yana daraxtlar kesildi. Bu gal nima sabab bo‘ldi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 26 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan “Moviy Gumbaz” bog‘i hududida daraxt kesilishi bilan bog‘liq video tarqaldi. Holat yuzasidan tuman hokimligi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Yakkasaroy tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilgan. O‘rganishlar natijasida bir qator hududlarda havoning harorati keskin tushib ketishi hamda qalin qor yog‘ishi tufayli ushbu daraxtlarga ham jiddiy ziyon yetgani aniqlangan.

Shuningdek, tabiiy omillar ta’sirida qulagan daraxtlar tuman aholisining hayoti va mol-mulkiga jiddiy xavf tug‘dirmasligining oldi olinib, daraxtlar kesilib, tegishli tashkilotlar tomonidan bartaraf etish ishlari amalga oshirilgan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent daraxtlar ekologiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing