Toshkentda yana bir ko‘cha vaqtincha yopiladi
Jamiyat
−
03 fevral 2020
6461Toshkent shahrida yana bir ko‘cha transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda Geologiya va geofizika institutida qurilish ishlari boshlanishi munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek va Mo‘minova ko‘chasi oralig‘idagi Olimlar ko‘chasi transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopilishi aytilgan.
“Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Geologiya va geofizika institutida qurilish ishlari boshlanishi munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek va Mo‘minova ko‘chasi oralig‘idagi Olimlar ko‘chasi transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!”, deyiladi hokimlik xabarida.
LiveBarchasi