Toshkentda yana bir avtobus liniyasi qisqartiriladi
Jamiyat
−
07 Sentabr 2023
3311Poytaxtda 150-sonli avtobusning qatnov liniyasi qisqartirilmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.
Unga ko‘ra, “Chilonzor 25-dahasi – Yunusobod 19-dahasi” yo‘nalishida harakatlanuvchi 150-sonli avtobusning qatnovi 2023 yil 12 sentyabr kunidan boshlab Yunusobod 19-dahasidan Paxtakor metrosi bekatigacha qisqartiriladi.
Manbaga ko‘ra, ushbu qisqartirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot uchun, 150-sonli yo‘nalish xizmatidan foydalanuvchi yo‘lovchilar Yunusobod 19-dahasigacha yetib olish uchun 2023 yil 4 sentyabr kunidan yangi tashkil etilgan “Do‘stlik 2-mavzesi – Quruvchilar metrosi” yo‘nalishida harakatlanuvchi 157-sonli avtobus xizmatidan foydalanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 31 avgust sanasidan boshlab 98-sonli “Chilonzor buyum bozori – Elektrokabel zavodi” yo‘nalishi harakati “Elektrokabel zavodi” bekatidan “Toshkent MUM” bekatigacha qisqartirildi hamda 60-sonli “Elektrokabel zavodi – Toshkent MUM” yo‘nalishida xizmat ko‘rsatuvchi elektorbuslar soni 4 tadan 8 taga oshirildi.
LiveBarchasi