Toshkentda yana avtobuslar harakati o‘zgardi
Jamiyat
−
21 iyul 2025 6461 2 daqiqa
Toshkent shahrining Sergeli tumanida issiq suv quvurlarini almashtirish va So‘g‘diyona ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtincha o‘zgardi. Bu haqda poytaxt Transport bosh boshqarmasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Obihayot ko‘chasida avtotransport harakati vaqtincha to‘xtatiladi. So‘g‘diyona ko‘chasida katta hajmli transport vositalari harakati cheklanadi. Shu sababli 40, 143 va 184-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati joriy yil 19 iyuldan 18 avgustga qadar quyidagicha o‘zgartiriladi:
40-sonli yo‘nalish
- Sergeli 12-dahasidan Qipchoq – Yangi Sergeli ko‘chalari orqali harakatlanadi. Sergeli yo‘li va Obihayot chorrahasidan ortga qayrilib, yana Qipchoq va Yangi Sergeli ko‘chalari orqali qaytadi. Toshkent vokzali tomonga harakat esa faqat Yangi Sergeli va Qipchoq ko‘chalari orqali tashkil etiladi (Obihayot ko‘chasiga kirmasdan).
143-sonli yo‘nalish
- Har ikki yo‘nalishda Lutfkor – Yangi Sergeli – Sergeli yo‘li ko‘chalari orqali o‘zgartiriladi (Obihayot ko‘chasiga kirmaydi).
184-sonli yo‘nalish
- Yo‘nalish vaqtincha Yangi Sergeli ko‘chasidagi “Sergeli yarmarkasi” bekatigacha qisqartiriladi (Obihayot ko‘chasiga kirmaydi).
Yo‘lovchilardan mazkur o‘zgarishlarni inobatga olib, harakat rejasini oldindan tuzish so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Shayxontohur tumani KHAY yo‘lining Beruniy ko‘chasi kesishmasidan Beshqayrog‘och ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismi vaqtincha yopilishi xabar qilingandi. Shu munosabat bilan ayrim avtobus yo‘nalishlari muqobil ko‘chalar orqali harakat qiladi.
Live
Barchasi