Toshkentda yana avtobusda yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
19 dekabr 2024 5662 1 daqiqa
Bugun, 19 dekabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida yo‘lovchi tashuvchi avtobusda yong‘in chiqdi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 11:51 da Yangi Sergeli va Qipchoq ko‘chalari chorrahasida avtobusda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:55 da hodisa joyiga etib borib, yong‘in soat 11:57 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 18 oktyabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanida yo‘lovchi avtobusida yong‘in sodir bo‘lgandi. Yong‘in oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.