Toshkentda yana 8 kishi qamoqqa olindi
3-sahifa
−
23 dekabr 2023
20132O‘zbekistonda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida davom etayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida poytaxt Toshkentda yana sakkiz kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Bir qator jinoyatlarni sodir etgan quyidagi shaxslar ushlanib, tergovga jalb qilingan:
1. 1984 yilda tug‘ilgan Yuldoshev Doniyor Baxtiyorovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismi);
2. 1988 yilda tug‘ilgan Alimov Fazliddin Fayzullayevich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
3. 1991 yilda tug‘ilgan Quvatov Shovkat Shuxratovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismi);
4. 1988 yilda tug‘ilgan Tulyaganov Nuriddin Baxtiyarovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi);
5. 1986 yilda tug‘ilgan Sotvoldiyev Ilxom Mahmudjonovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
6. 1992 yilda tug‘ilgan Yunusov Doniyor Faxriddin o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 2-qismi, 277-moddasi 3-qismi);
7. 1992 yilda tug‘ilgan Erkinov Baxtiyor To‘lqin o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
8. 1987 yilda tug‘ilgan Maxmudov Umid Agzamovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi).
Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.
“Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxslardan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiiladi IIBB xabarida.
LiveBarchasi