Toshkentda yana 2 ta OTM karantinga yopildi
Jamiyat
−
19 aprel 2021
14972Bugun, 19 aprel kuni O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi karantinga yopildi.
Manbaga ko‘ra, Milliy universitetning tarix fakulteti 3-kurs talabasidan, 4-yotoqxonadagi 2 nafar talabadan va Tibbiyot akademiyasining 5-yotoqxonasida istiqomat qiluvchi talabalarda koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi sababli ushbu yotoqxonalar 14 kunga karantinga yopilgan.
Shu munosabat bilan Milliy universitetning jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti to‘liq masofaviy ta’limga o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, bugungacha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkentdagi Inha universiteti, Toshkent transport universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalarida koronavirus aniqlandi. Shuningdek, Moliya instituti ehtiyot chorasi sifatida masofaviy ta’lim shakliga o‘tgandi.
Keyinroq, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, O‘zbekiston Islom akademiyasi, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali ham o‘qishning masofaviy shakliga o‘tkazilgandi.
Diyora Abdurahmonova
LiveBarchasi