Toshkentda yana 2 ta avtobus yo‘nalishi qisqartirildi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 16 fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 59-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2023 yil 31 avgust kunidan boshlab bir qator avtobus yo‘nalishlari qisqartirildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 31 avgust sanasidan boshlab 98-sonli “Chilonzor buyum bozori – Elektrokabel zavodi” yo‘nalishi harakati "Elektrokabel zavodi" bekatidan "Toshkent MUM" bekatigacha qisqartiriladi hamda 60-sonli “Elektrokabel zavodi – Toshkent MUM” yo‘nalishida xizmat ko‘rsatuvchi elektorbuslar soni 4 tadan 8 taga oshiriladi.

98-sonli yo‘nalishdan foydalanuvchi yo‘lovchilar "Elektrokabel zavodi" bekatigacha yetib olish uchun yangi – 60-sonli “Elektrokabel zavodi – Toshkent MUM” yo‘nalishi xizmatlaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, 2-sonli “Chilonzor 25-dahasi – Ekskavator zavodi” yo‘nalishining harakati "Ekskavator zavodi" bekatidan "Amir Temur xiyoboni"gacha qisqartiriladi.

Mazkur yo‘nalishdan foydalanuvchi yo‘lovchilar “Ekskavator zavodi” bekatigacha yetib olish uchun endilikda 89-sonli avtobus yo‘nalishi xizmatlaridan foydalanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq poytaxtda Qoraqamish 2/4 mavzesidan Chinni bozor hududigacha bo‘lgan yo‘nalishda harakatlanuvchi 87-sonli avtobusning qatnov liniyasi qisqartirilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev avtobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing