Toshkentda voyaga yetmagan bolani kaltaklagan erkak 15 sutkaga qamaldi
3-sahifa
−
19 Sentabr
3378Toshkent shahri Sergeli tumanida voyaga yetmagan bolani kaltaklagan erkak 15 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjatlari bilan tanishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, holatga maktab o‘quvchilari orasida kelib chiqqan kelishmovchilik sabab bo‘lgan. O‘quvchi qiz ota-onasiga sinfdoshi uni haqorat qilganini aytgan. Er-xotin birgalikda qizini haqorat qilgan bolaning uyiga borgan.
Sergeli tumani 5-mavze hududida joylashgan ko‘p qavatli uylar oldida baqir-chaqir bo‘layotganda bolaning 2008 yilda tug‘ilgan akasi voqea joyiga kelib qolgan. U ham mojaroga aralashadi va 1992 yilda tug‘ilgan M.I. uni bir necha marotaba uradi.
Bildirilishicha, voyaga yetmagan T.T.ga “Chap ko‘krak qafasi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi” tashxisi qo‘yilgan.
Mazkur holat Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tumani sudida ko‘rib chiqildi. Sud qaroriga ko‘ra, fuqaro M.I. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan o‘n besh sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Shuningdek, uning ayoliga nisbatan BHMning bir baravari, ya’ni 340 000 so‘m jarima jazosi belgilangan.
LiveBarchasi