Toshkentda uyida nasha yetishtirgan erkak ushlandi
3-sahifa
−
28 iyun 2023
8657Toshkent shahri Bektemir tumanida yashash uyida nasha yetishtirgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda shahar IIBB Axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahar IIBB tezkor qidiruv xizmati va Bektemir tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi jinoyat qidiruv bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda yashash uyida nasha ekib, parvarishlagan shaxs aniqlangan.
Mazkur shaxs hovlisining ikkinchi, yashirin qismida bo‘yi 90 santimetrdan 190 santimetrgacha bo‘lgan 27 tup nashaga o‘xshah o‘simliklar topilib, holislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatda olingan.
Jinoyat qidiruv bo‘lim xodimlari tomonidan daliliy ashyo sifatida olingan o‘simliklar ekspertiza uchun shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ekspert-kriminalistika markaziga topshirilgan.
Ekspertiza tekshiruvlari natijasiga ko‘ra, mazkur o‘simliklar kannabis deb nomlanuvchi taqiqlangan o‘simlik ekani ma’lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda ushbu jinoyat ishi yuzsidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.
LiveBarchasi