Toshkentda uy yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 4 iyul kuni Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, soat 02:42 da tumanning “Sag‘bon” MFY Fitrat ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in ro‘y bergani to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 02:48 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 03:10 da o‘rab olingan va soat 04:05 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida uyning 140 kvadrat metr maydonda shifti, tomi, ichki qismi va jihozlari yongan. 
Yong‘in oqibatida tan jaroxati olgan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Vazirlik xabariga ko‘ra, yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqea joyiga tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Andijon tumanida joylashgan yashash xonadonlaridan biri yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in Sag'bon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing