Toshkentda o‘tkaziladigan nufuzli turnirga talabgorlar oshmoqda

Sport

image

Joriy yilning 3-5 mart kunlari Toshkent dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri o‘tkaziladi. Hozirgi vaqtga kelib turnirda ishtirok etish uchun 23 davlatdan talabnoma kelib tushgan. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqada sportchilar chempionlik bilan birga Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun ham kurash olib boradi. Ko‘pgina mashhur sportchilar Toshkentdagi turnirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan. Ishtirokchilar orasida poytaxtimiz o‘tgan yil mezbonlik qilgan dunyo birinchiligida +100 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan kubalik Endi Grandani ham ko‘rish mumkin.

Hozirgacha Toshkent “Katta dubulg‘a” musobaqasida qatnashish istagini bildirgan jamoalar: Kanada, Markaziy Afrika Respublikasi, Xitoy Taipeyi, Kuba, Kipr, Estoniya, Buyuk Britaniya, Yamayka, Qozog‘iston, Livan, Monako, Chernogoriya, Yangi Zelandiya, Polsha, Samoa, Saudiya Arabistoni, Sloveniya, JAR, Ispaniya, Shvetsiya, Shveysariya, BAA, AQSH, Vetnam.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent dzyudo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made