Toshkentda o‘ta og‘ir jinoyatda gumonlanayotgan uch kishi qidirilmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahri hududida sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatda gumonlanayotgan uch kishi qidirilmoqda. Bu haqda poytaxt IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Qidiruvdagi shaxslar:

•    1981 yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan Yevgeniy Yevgenevich Kim; 
•    1994 yilda tug‘ilgan Oleg Romanovich Velikanov;
•    1980 yilda tug‘ilgan Sherzod Abdunabiyevich Axunov.

“Hurmatli Toshkent shahri aholisi va mehmonlari! Agarda siz ushbu shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz yoki unga o‘xshash shaxsni ko‘rsangiz, 71-231-95-13, 98-364-02-03, 91-133-10-02 yoki “102” raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz. Maxfiylik kafolatlanadi. Yordamingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz”, deyiladi IIBB xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

qidiruv

Baholaganlar

1479

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing