Toshkentda o‘t o‘chirish mashinasi YTHga uchradi 

3-sahifa

image

Kecha, 11 iyul kuni Toshkent shahrida o‘t o‘chirish uchun ketayotgan yong‘in-qutqaruv maxsus transport vositasi yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 16:30 larda Shayxontohur tumani Alisher Navoiy ko‘chasida 1997 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvida bo‘lgan, Olmazor tumani Muhokama ko‘chasidagi 14-shaxsiy uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi yuzasidan kelib tushgan xabarga ko‘ra, chaqiriqqa asosan xabardagi manzil tomon harakatlanib ketayotgan ISUZU rusumli yong‘in-qutqaruv maxsus transport vositasi hamda 2001 yilda tug‘ilgan S.F. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida Lacetti haydovchisiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.

“Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 11 iyul kuni Toshkent shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 5,7 ming xonadon gazsiz qolgandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent Lacetti o't o'chirish mashinasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made