Toshkentda o‘ndan ortiq odam bir yigitni majburan mashinaga solib ketdi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrida o‘ndan ortiq yigit bir bolani majburan mashinaga solib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, kecha 24 iyun kuni taxminan soat 23.50 larda poytaxtning Chilonzor tumani “Xalqlar do‘stligi” metrosi oldida fuqarolar 2002 yilda tug‘ilgan A.U. va uning tanishlari 2002 yilda tug‘ilgan X.O., 2002 yilda tug‘ilgan M.A., 2004 yilda tug‘ilgan S.T. va boshqalar o‘zaro kelishmovchilik sababli og‘zaki tortishgan. Shundan so‘ng, ular A.U.ni o‘zlariga tegishli Matiz avtomashinasiga o‘tkazayotgan vaqtida, IIO PPX xodimlari kelayotganligini ko‘rib voqea joyidan qochib ketgan.
 

Bildirilishicha, huquqbuzarlardan uch nafari ushlangan, qolganlarni ushlash choralari ko‘rilmoqda. Hech kim pichoq bilan tahdid qilmagan hamda tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

“Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyilgan xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Chilonzor Matiz Toshkent shahr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made