Toshkentda o‘quvchi qiz nega “samosud” qilingani oshkor bo‘ldi
Jamiyat
−
23 aprel 2023
52128Toshkent shahri Yangihayot tumanida o‘quvchi qiz qurilish ob’ektida “samosud” qilingan edi. Qizlar o‘rtasida mish-mish sabab janjal kelib chiqqani oshkor bo‘ldi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar berildi.
331-maktab direktori o‘rinbosariga ko‘ra, janjalga qizlar o‘rtasidagi mish-mishlar sabab bo‘lgan. Jabrlanuvchi bir behayo suratdagi qizni o‘zidan yuqori sinfdagi o‘quvchi ekanini aytib, maktabda mish-mish tarqatgan.
Buni eshitgan yuqori sinfda o‘qiydigan qiz esa uni hududdagi qurilishi bitmagan ob’ektda “samosud” qilgan.
“Ushbu holat qizlar o‘rtasidagi dedi-dedi, mish-mish sabab yuzaga kelgan. Qizlar bo‘lgan-bo‘lmagan gaplarni bir-biriga vositachi sifatida tarqatishgan”, deydi direktor o‘rinbosari.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
LiveBarchasi