Toshkentda o‘quvchi avtomobil yo‘lida cho‘mildi (video)

Jamiyat

image

Internet tarmog‘ida yo‘lning o‘rtasida cho‘milayotgan bola aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati axborot berdi.

Qayd etilishicha, voqea Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan. 17 yoshli maktab o‘quvchilari T.S. va O.M. Buyuk ipak yo‘li ko‘chasining avtomobillar harakati qismida bo‘la turib, hazil uchun video tushirishgan. Videoda T.S. o‘zining ustiga bir chelak suvni sepgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur fakt asosida o‘smirlar va ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan. Ota-onalarga farzand tarbiyasi borasidagi majburiyatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi (“Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik”) mazmun va mohiyati tushuntirildi.

Yuqoridaub moddalar asosida tegishli hujjatlar to‘planib, Mirzo-Ulug‘bek tumani Voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha idoralararo komissiyasiga qonuniy chora ko‘rilishi uchun yo‘naltirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1065

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing