Toshkentda o‘qituvchini kaltaklagan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jamiyat
−
10 may 2023
8030Toshkentda qizining o‘qituvchisini kaltaklagan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Aytilishicha, maktab o‘qituvchisiga tan jarohati yetkazgan ayolga nisbatan JKning 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirgan va voqea joriy yilning 1 may kuni poytaxtning Chilonzor tumanidagi 178-sonli umumta’lim maktabida sodir bo‘lgani, maktabning 4-sinf rahbar o‘qituvchisi va shu sinfda o‘qiydigan qizning onasi o‘rtasida mojaro yuzaga kelganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi