Toshkentda o‘qituvchi 9-sinf o‘quvchisini kaltakladi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi maktabda 9-sinf o‘quvchilari hamda informatika fani o‘qituvchisi janjallashib ketdi. Poytaxt Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, holat Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda huquq tartibot organlaridan tuzilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda.

“Bu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi. Maktab ichki qoidalariga rioya etmagan hamda mazkur holatga javobgar barcha shaxslarga nisbatan tegishli tartibda qonun doirasida chora ko‘riladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yigit rashk tufayli o‘zi bilan unashtirilgan, 11 sinfda tahsil oladigan sevgilisini pichoqlab o‘ldirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing