Namanganda 11-sinf qiz yigiti tomonidan pichoqlab o‘ldirildi (video)

3-sahifa

image

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yigit rashk tufayli o‘zi bilan unashtirilgan, 11 sinfda tahsil oladigan sevgilisini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea joriy yilning 6 may kuni soat 08:30 larda Kosonsoy tumani “Yoshlik” MFY, Navobot ko‘chasida sodir bo‘lgan. Yigit rashk tufayli unashtirilgan sevgilisi bilan o‘zaro janjallashib, uni o‘ldirish maqsadida yonida bo‘lgan pichoq bilan qizning ko‘krak va qorin qismiga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazib voqea joyidan ketib yuborgan.

Oqibatda qiz olgan tan jarohatlari ortidan shifoxonada vafot etgan. Hodisa joyiga tezkor-tergov guruhi chiqib, hodisa joyi ko‘zdan kechirilgan hamda daliliy ashyolar olingan, tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tuman prokuraturasi tomonidan yigitga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida ayol rashk sabab o‘z tanishini 5 marta pichoqlab, uning hayotiga zomin bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan pichoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing