Toshkentda o‘qishga kiritishni va’da qilgan talaba ushlandi
Jamiyat
−
14 iyul 2022
3884Toshkent shahrining Bektemir tumanida talaba fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 4 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departamenti ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Guliston davlat universiteti talabasi U.O. tanishlari yordamida fuqaro G‘.ning ukasi U.ni 7 000 AQSH dollari evaziga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘ya olishini aytib, shundan 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Abdulvohid Yoqubov
LiveBarchasi