Toshkentda to‘qnashgan 2 ta Spark’ning biri ag‘anab ketdi

Jamiyat

image

Avvalroq Namangan viloyatida 21 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Spark ag‘darilib ketgani haqida xabar bergan edik. Bugun, Toshkent shahrida ham shunga o‘xshash yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 18 yanvar kuni soat 06:45 larda Toshkent shahar Shayxontohur tumani KXAY va Beruniy ko‘chalari kesishgan “Orzu” chorrahasida 1974 yilda tug‘ilgan haydovchi I.E. boshqaruvidagi Spark va 1968 yilda tug‘ilgan haydovchi O.M. boshqaruvidagi yana bir Spark rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida haydovchi O.M. boshqaruvidagi Spark avtomobili ag‘darilib ketgan.

Hodisa oqibatida haydovchilar birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

149

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing