Toshkentda Tracker YPX inspektorini urib ketdi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrida tirbandlikni kamaytirish uchun chorraha markazida xizmat qilayotgan yo‘l-patrul xizmati xodimini Tracker urib ketdi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 23 aprel kuni erta tongda Do‘rmon yo‘li Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasidagi chorrahada xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmati inspektori serjant Toshtemirov Armanni Tracker rusumli transport vositasi urib yuborgan. Shifoxonaga olib borilgan inspektorga o‘ng va chap qo‘l ko‘plab shilinmalari, chap chanoq suyagining bir necha joydan sinishi, chap tizza sohasi va oyoq yumshoq to‘qimalari lat yeyishi tashxis qo‘yilgan.

“Chorraha ozgina tirband bo‘lgani sababli yengillashtirish maqsadida maqsadida chorrahaga chiqdim. O‘zimga qulay joyni tanlab, chorraha markazida… Bilmayman, to‘rtinchi qatoridan keldimi, uchinchidan keldimi, Tracker rusumli avtomobil urildi”, deydi xodim. 

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Yakunda qonuniy qaror qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida YPX inspektorini avtomashinasi kapotida sudragan haydovchi 15 sutkaga qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Tracker YPX inspektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing