Toshkentda Tracker urib yuborgan piyoda vafot etdi
3-sahifa
−
22 iyul 5558 1 daqiqa
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Tracker mashinasi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida turgan piyodani urib yubordi va u olgan jarohati oqibatida voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsiizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 20 iyul kuni soat 13:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Oltin tepa-Chahbud ko‘chalari chorrahasida Lacetti va Tracker rusumli transport vositalari to‘qnashib ketgan. To‘qnashuvdan so‘ng Tracker haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida turgan piyodani urib yuborgan. Piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Bektemir tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida haydovchi piyodani urib yuborgandi va daraxtni ham sindirgandi.
Live
Barchasi