Toshkentda Tracker butunlay yonib ketdi
Jamiyat
−
08 noyabr
5688Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida Tracker 2 rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 8 noyabr kuni soat 10:43 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasida Tracker 2 rusumli transport vositasida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohat olganlar mavjud emas.
Hozirda hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishi sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
“Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida avtobus va Cobalt ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, ular yonib ketgan edi.