Toshkentda Tracker haydovchisi 2 nafar bolani urib yubordi
3-sahifa
−
22 dekabr 2023 6873 1 daqiqa
Toshkent shahrida Tracker haydovchisi 10 va 8 yoshli bolalarni urib ketdi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Joriy yilning 20 dekabr kuni soat 16:30 larda Yunusobod tumani 8-mavzeda 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi N.A. (ayol kishi) Tracker mashinasini boshqarib ketayotib, 2 nafar piyodani urib yuborgan.
Oqibatda 2015 yilda tug‘ilgan Z.A. va 2013 yilda tug‘ilgan M.A.lar tan jarohat olgan.
“Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini va harakat davomida hushyorlikni yo‘qotmasliklarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Andijonda avtobus haydovchisi mast holda rulga o‘tirib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr