Toshkentda tirbandlikni kamaytirishning yangi yo‘li topildi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkent shahrida tirbandlikni kamaytirish uchun Toshkent metropolitenining oxirgi va serqatnov bekatlari yonida avtoturargohlar quriladi. Bu haqda kecha, 16 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning transport, energetika va sanoat sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishish jarayonida ma’lum qilindi.

Aytilishicha, bundan asosiy maqsad odamlar shaxsiy avtomobilini metro bekati oldida qoldirib, shahar ichkarisiga jamoat transportida borishiga sharoit yaratishdir.

Shuningdek, taqdimot davomida mamlakatdagi energetika quvvatlarini oshirish masalasiga ham e’tibor qaratilgan. Jumladan, poytaxtda elektr energiyasi tarmoqlarining favqulodda holatlarga bardoshliligini mustahkamlash hamda muqobil energiya manbalarini integratsiya qilish choralari ko‘rilayotgani aytilgan. Qayta tiklanuvchi energiya tarmog‘ida jami quvvati 13 ming 777 megavatlik 33 ta loyiha ishlab chiqilgan.

Bundan tashqari, taqdimotda Toshkent shahrida sanoatni rivojlantirish ko‘rsatkichlari va rejalari to‘g‘risida ham axborot berilgan. Ta’kidlanishicha, bugungi kunda iqtisodiyotning 34 foizdan ziyodi Toshkent shahri sanoati hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yilning o‘zida 110 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Ayniqsa, oziq-ovqat, metallurgiya, to‘qimachilik tarmoqlarida o‘sish yuqori bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent metropoliten tirbandlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing