Toshkentda tez yordam avtomobili YTHga uchradi

3-sahifa

image


Poytaxt Toshkentning Olmazor tumani “Tinchlik” metro bekati joylashgan manzildagi chorrahada tez yordam avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, kecha, 4 fevral kuni soat 16:30 larda Olmazor tumani Nurafshon-Beruniy ko‘chalari chorrahasida 1982 yilda tug‘ilgan N.K. boshqaruvida bo‘lgan Ford rusumli avtomashina (tez yordam) hamda 1987 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvida bo‘lgan Nexia 3 rusumli avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. 

YTH oqibatida Nexia 3 rusumli avtomashina haydovchisi hamda Ford rusumli avtomashinaning 1 nafar yo‘lovchisi tan jarohati olgan. 

Hozirda ushbu YTH bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilayotgani xabar qilindi. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing