Toshkentda Tesla YTHga uchradi
3-sahifa
−
06 avgust 2022 28003 1 daqiqa
Bugun, 6 avgust kuni soat 8:30 larda Toshkent shahar, Chilonzor tumanida Tesla elektromobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda YHXX xabar berdi.
YTH Muqimiy va Arnasoy ko‘chalari kesishgan chorrahada yuz bergan. 1990 yilda tug‘ilgan N.N. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomobil 1977 yilda tug‘ilgan D.T. boshqaruvidagi Tesla rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan.
YHXX hodisaning kelib chiqish sabablari haqida ma’lumot bermagan. Qayd etilishicha, YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr