Toshkentda tergovchi va “uchastkoviy” pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
10 mart 2022
9451Toshkent shahrida yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha bir shaxsga chora ko‘rmaslik evaziga 5 000 AQSH dollari talab qilgan tergovchi qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilningi 5 mart kuni Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tergovchisi yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha bir shaxsga chora ko‘rmaslik evaziga talab qilgan 5 000 dollardan 1 000 dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, xuddi shu kabi holat Mirobod tumanida kuzatilgan.
Mirobod tumani IIO FMB 4-son IIB profilaktika inspektori huquqbuzarlik sodir etgan ayoldan holatni rasmiylashtirmaslik evaziga 500 AQSH dollari talab qilgan. Dastlab 6 mart kuni 200 dollarni qo‘lga kiritgan. Joriy yilning 8 mart kuni qolgan 300 dollarni olgan vaqtida ushlangan.
Har ikkala holat buyicha Jinot kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.
LiveBarchasi