Toshkentda temiryo‘l xodimini poyezd bosib ketdi
3-sahifa
−
09 Oktabr
9925Toshkent shahrida temiryo‘l xodimini poyezd bosib ketdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Bildirilishicha, holat joriy yilning 5 oktyabr kuni Yangi Hayot tumanida sodir bo‘lgan. Marhum 1988 yilda tug‘ilgan bo‘lib, temiryo‘lda konduktor lavozimida ishlab kelgan. Xodim teplovozga yuk vagonlarini ulayotgan bo‘lgan va o‘zining ehtiyotsizligi sabab temiryo‘l izlariga yiqilib tushgan. Oqibatda uni yuk vagonlari bosib ketgan.
Voqea joyiga tegishli mas’ullar va tez tibbiy yordam yetib kelgan. Ammo ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan xodim voqea joyida vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 36 yoshli ayol poyezd urib ketishi oqibatida vafot etgandi.