Toshkentda texnogen harakterdagi FVning oldi olindi
Jamiyat
−
07 iyul 2019
4499Kecha, 6 iyul kuni soat 13:27da Toshkent shahar Olmazor tumani, Chuqursoy ko‘chasi 82 uyda joylashgan “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ “Chuqursoy” ishlab chiqarish uchastkasi hovlisida turgan konteynerdan noxush hid va kuchli ovoz chiqqanligi to‘g‘risida habar tushgan.
Ko‘rsatilgan manzilga soat 13:50 da Toshkent shahar qutqaruv otryadi, Olmazor tumanini harbiylashtirilgan yong‘in qutqaruv qismlaridan bo‘linmalar yetib borib. Konteynerni suv bilan sovutishgan.
Aniqlanishicha, Xitoydan Chilonzor tumanida joylashgan korxonaga konteyner ichida 20 tonna ikki turdagi Freon hamda suyultirilgan gaz mavjud bo‘lgan kimyoviy moddalar olib kelingan.
Xavo haroratining yuqoriligi sababli konteynerning yuqori qismida joylashgan Refrigerant gas/ Freon R 410 A gaz suyuqligi qadoqdan yorilib tutun hosil qilgan.
Konteyner zararsizlantirilib yuk manziliga yetkazildi.
LiveBarchasi