Toshkentda tanishini bo‘g‘ib o‘ldirgan ikki kishi qamaldi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida 2 erkak tanishini bo‘g‘ib o‘ldirdi va buning ortidan ular 20 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.

Qayd etilishicha, qotillikni amalga oshirgan sudlanuvchilar 1986 va 1981 yilda tug‘ilgan 2 kishi bo‘lib, marhumdan 14 ming 500 dollar qarzi borligi sababli ular jabrlanuvchini o‘ldirish rejasini tuzgan.

Aniqlanishicha, fuqarolar marhumni o‘ldirgandan so‘ng jasadni Matiz avtomobiliga ortgan. 1-sudlanuvchi aybini yashirish uchun marhumning jasadi qayerda ekanini bilsa-da, uni oilasiga qo‘shilib, birgalikda izlagan. 2-sudlanuvchi esa jasadni mashinada bir necha soat olib yurib, uni xilvat joyga olib borib, o‘sha yerga tashlab ketgan.

Holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v”, “i”, “p” bandlari, 168-moddasi (firibgarlik) 4- qismi “a” bandi, 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi “a” bandi, 267-moddasi 2-qismi (transport vositasini olib qochish) “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Ularga nisbatan 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida cho‘pon qorovulni bo‘g‘ib, pichoqlab o‘ldirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud Jinoyat Toshkent qotillik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing