Toshkentda taniqli pitsseriyaning avtomobili yonib ketdi (video)

Jamiyat

Bugun, 10 sentyabr kuni atrofida poytaxt Toshkentda taniqli pitsseriyalardan biriga tegishli bo‘lgan avtomobil yonib ketgan. 

Voqea tungi soat 01:00 atrofida Toshkentning Abdulla Qodiriy ko‘chasida, “Turkiston” san’at saroyining orqa tarafidagi yo‘l o‘tkazgich ustida sodir bo‘lgan. Voqeaga guvohlik qilgan QALAMPIR.UZ muxbiri yonib ketgan avtomobil Belissimo pitsseriyasiga tegishli bo‘lganini xabar qilmoqda. 

“Avtomobil haydovchisi yong‘inni o‘chirish uchun bor kuchi bilan harakat qilganini ko‘rdim. Aslida ayrim odamlar o‘z avtomobili uchun shuncha jon kuydirmaydi. Ammo haydovchi o‘z jonini xavf ostiga qo‘yib, yonib turgan avtomobil ostiga kirgan va uning gaz balloni jo‘mragini siqishga harakat qildi. Bir necha kishi uni bazo‘r avtomobil tagidan tortib oldi. “Nima bo‘lsa ham shirkatga zarar yetmasin”, derdi u”, deydi muxbir. 

Voqea joyiga zudlik bilan Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari yetib kelib, alanga o‘chirilgan. 

Yong‘in sabablari ma’lum emas. Jarohatlanganlar yo‘q. Ushbu holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilmadi. 


Maqola muallifi

Teglar

yong'in pitstseriya

Baholaganlar

73

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing