Toshkentda tamaddixona yonib ketdi (video)

Jamiyat

−

image

Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan tamaddixonaga o‘tdi ketdi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, bugun, 13 dekabr kuni soat 16:12 da  Toshkent shahar Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari hodisa manziliga soat 16:19 da yetib borib, yong‘in soat 16:31 da qurshab olingan va soat 16:32 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 9 dekabr kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan somsaxonada yong‘in sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing