Toshkentda talaba kanalga cho‘kib ketdi
Jamiyat
−
04 avgust 2019 10746 1 daqiqa
Toshkent shahrida 19 yoshli yigit kanalga cho‘kib ketdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 1 avgust kuni soat 13:26 da Toshkent shahar FVB navbatchilik dispecheriga fuqaro A.Murodov murojaat qilgan. U kursdoshi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida 1999 yilda tug‘ilgan Toshkent davlat texnika universiteti 2-kurs talabasi Suyunqul Turdimurodov Qichqiriq kanalida cho‘milib, cho‘kib ketganini aytgan.
Ushbu xabarga asosan Toshkent shahar FVB Qutqaruv otryadi voqea joyiga borib, qidiruv ishlarini boshlagan. Qidiruv ishlari 1, 2, 3, 4 avgust kunlari olib borilgan. Qidiruvning 4-kunida Suyunqul Turdimurodov Qutqaruv otryadi g‘avvoslari tomonidan cho‘kkan joyidan 4 km uzoqlikdan topilgan.
Avvalroq, Toshkent viloyati “Chorvoq” suv omborida ikki yigit cho‘kib ketgani haqida xabar bergan edik. Cho‘kkan har ikki yigitning jasadini topish uchun bir haftadan ortiq vaqt sarflangandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025