Toshkentda talaba Bo‘rijar kanalida cho‘kib, vafot etdi
3-sahifa
−
20 iyun
10191Kecha, 19 iyun kuni Toshkent shahridan oqib o‘tuvchi kanaldan 20 yoshli yigitning o‘ligi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Bildirilishicha, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 3-bosqich talabasi, 2004 yilda tug‘ilgan M.I. ismli shaxs Yakkasaroy tumani, Yunus Rajabiy ko‘chasi bo‘ylab oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanaliga taxminan 12:10 larda kursdoshlari F.G‘ va N.S. lar bilan cho‘milishga borgan. Suv oqimining tez va sovuqligi sababli yigit suzib chiqolmasdan cho‘kib, oqib ketgan.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchi g‘avvoslar guruhi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv natijasida M.I. Chilonzor tumani, Beshyog‘och ko‘chasida joylashgan “Toshkent Gidroelektrstansiyalari”, “Bo‘rijar” 4-GES hududidan topilgan va vafot etgan holatda olib chiqilgan.
“Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deydi Bosh prokuratura matbuot kotibi.
QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.