Toshkentda “tabletkachi” jinoiy guruh ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Sergeli va Yashnobod tumanlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari  savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 15-16 yanvar kunlari, O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor-qidiruv departamenti, DXX va Toshkent shahar IIBB tezkor xodimlari tomonidan Toshkent shahrining Sergeli va Yashnobod tumanlarida tezkor tadbirlar o‘tkazilgan. 1993 yilda va 1999 yilda tug‘ilgan ikki nafar shaxs Sergeli tumani Xonobod ko‘chasida to‘xtatilib tekshirilganda, ularning yonida 286 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan.

Tezkor tadbirlar davom ettirilib, ushlangan shaxslar mazkur dori vositalarni Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi narkodo‘kondan olgani ma’lum bo‘lgan va 16 yanvar kuni Yashnobod tumanida 1998 va 1999 yilda tug‘ilgan shaxslar ushlanib, yashash manzili ko‘zdan kechirilgan va 857 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari olingan.

Shuningdek, tadbir davomida ushlangan shaxslar kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarni 1996 yilda tug‘ilgan, Jinoyat kodeksining 251 prim 1 -moddasi bilan sudlangan shaxsga ham sotgani ma’lum bo‘lgan. U Olmos mahallasida to‘xtatilib tekshirilganda, yonida 500 dona dori vositalari borligi aniqlangan.

Bildirilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida chakana narxi 131,4 mln so‘mga teng bo‘lgan jami 1 643 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari olingan. Tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon va Farg‘ona viloyati hamda Toshkent shahrida qariyb 14 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosiga chek qo‘yilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent kuchli ta'sir qiluvchi dori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing