Toshkentda suvga tushib ketgan bolani ofitsiant qutqarib qoldi (video)
Jamiyat
−
12:19 441 1 daqiqa
Toshkent shahrining Olmazor tumanida koptokni olish uchun katta quvur ustiga chiqib, suvga tushib ketgan bola qutqarib qolindi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea joriy yil 23 sentyabr kuni Olmazor tumanidagi suv bo‘yida joylashgan mahallalardan birida sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, bolalar koptok o‘ynayotgan vaqtda to‘p suvga tushib ketgan. Bolalardan biri uni olib chiqish uchun katta quvur ustiga chiqqan, biroq koptokni olayotgan paytda muvozanatini yo‘qotib, suvga tushib ketgan.
Oqim bolani uzoqroqqa olib ketgan. Shu paytda suv bo‘yidagi kafelardan birida ishlayotgan ofitsiant yigit bolani ko‘rib qolgan va suvga sakrab, uni qutqarib qolgan.
Bildirilishicha, qutqaruvni amalga oshirgan ofitsiant yigit taqdirlanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidan o‘tuvchi kanalda oqib ketayotgan bolakay fuqaro tomonidan qutqarib qolingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi