Toshkentda suv quvuri “portladi”

Jamiyat

image

Toshkent markazida Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasiga yaqin bo‘lgan joyda yuqori bosim ta’sirida yorilgan quvurdan balandligi 5 qavatli bino balandligiga teng suv otilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, suv quvuri isitish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida yakuniy bosim berish bosqichida yuqori bosim ta’sirida yorilgan.

Toshkent shahar hokimiligi hodisa yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi. "Befarq bo‘lmagan fuqarolarimiz tomonidan berilgan tezkor axborot sababli o‘z vaqtida zarur choralar ko‘rilib, ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu hududda amalga oshirilgan ishlar natijasi haqida yana xabardor qilamiz", deyiladi hokimlik xabarida.

Qo‘shimcha qilinishicha, Nukus ko‘chasining Oybek ko‘chasidan Avliyo ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi ushbu hodisa sabab vaqtincha yopilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing