Toshkentda Spark yo‘l chetida ketayotgan piyodani urib yubordi
3-sahifa
−
13 aprel 2023
5890Toshkent shahri Bektemir tumanida Spark rusumli avtomashina haydovchisi yo‘l chetida ketayotgan piyodani urib yubordi. Oradan deyarli bir kun o‘tib jabrlanuvchi vafot etgan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, voqea joriy yilning 10 aprel kuni taxminan soat 07:30 da Bektemir tumani Oltintopgan ko‘chasida yuz bergan. 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro Spark rusumli avtomashinani ishonchnoma orqali boshqarib ketayotib, oraliq masofani saqlamay yo‘l chetida to‘xtab turgan Spark rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chekkasida yurib ketayotgan piyodani urib yuborgan.
Oqibatda 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro turli xil tan jarohatlari olib, 2-darajali koma holati tashxisi bilan shifoxonaga olib borilgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 11 aprel kuni soat 02:15 da vafot etgan.
“Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi