Toshkentda Spark yonib ketdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida Spark avtomobili yonib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 8 iyun kuni soat 22:45 larda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Qorasuv-6” dahasida haydovchi I.R. Spark rusumli avtomobilda harakatlanayotib, ushbu hududda joylashgan supermarket yaqiniga yetgan vaqtda avtomobilning dvigatel qismida qisqa tutashuv bo‘layotganini payqagan va transport vositasini to‘xtatgan. Qisqa tutashuvdan so‘ng avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Avtomobilga zarar yetgan. 

Mazkur hodisa yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablari o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

193

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing