Toshkentda Spark piyodani urib ketdi
3-sahifa
−
29 Sentabr 5471 1 daqiqa
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Spark mashinasi haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan bir fuqaroni urib yubordi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea kecha, 27 sentyabr kuni soat 20:30 da tumanning Temur Malik ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1998 yilda tug‘ilgan M.M. Spark rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida piyodaga va haydovchiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida Damas piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 4 kishini urib ketgani haqida xabar berilgan edi. Piyodalar hodisa tufayli olgan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan. Holat yuzasidan Sho‘rchi tumani IIB tomonidan yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyodalar olgan tan jarohatlarining og‘irlik darajasini hamda transport vositasining texnik holatini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy va texnik ekspertiza tayinlanib, tergovga qadar surishtiruv boshlangan.
Live
Barchasi